Muxtaram Prezidentimizning 2022 yil 2 fevraldagi PQ- 112 sonli (Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida)gi qarorini ijrosini taminlash maqsadida 2022-yil 19 fevralda Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 14-son BMSM da Oqdaryo tumanining Navroʼz, Mustaqillik, Loish mahallalaridagi Uyushmagan yoshlar xamda Oqdaryo tumanidagi 20 IDUM , 45 IDUM va 32 Umumtaʼlim oʼquvchilari ishtirokida maktabning Xalq cholgʼulari va Аnʼanaviy xonanda va sozanda boʼlimlari oʼzbek milliy cholgʼu asboblari ijrosida kontsert dasturi namoish etildi. Bu bilan Oqdaryo tumanimiz yoshlari oʼrtasida oʼzbek milliy cholgʼu asboblariga boʼlgan qiziqishi va uning kelib chiqish tarixi targʼibot etilib, kelajakda yoshlar oʼrtasida, yoshidan qatiy nazar toʼgaraklar tashkil etilganligi targʼibot qilindi. Tumanning chekka xududlarida xam milliy cholgʼu asboblari toʼgaraklariga 14-son BMSM ning mutaxassis oʼqituvchilari jalb etilganligi maʼlum qilindi.Kontsert dasturi koʼtarinki ruhda oʼtkazildi
26-Fevral, 2022-yil 10:55